TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Respublikada 13-15-noyabr kunlari sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi.
Aytilishicha, yakshanba-seshanba kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
“Shimol hududida, ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.
14-16-noyabr kunlari Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi prognoz qilinmoqda.
Ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Shu bilan birga, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.