Maxsus operatsiya: Inglizcha aksentli “Gruziya legioni”

“Gruziya legioni” sakkiz yildan beri Ukrainada o‘lim urug‘ini sepmoqda. Ularning birinchi qotilligi - 2014-yilda "maydan" inqilobi vaqtida sodir bo‘lgan. O‘shanda ular boshliqlari ko‘rsatmasiga asosan snayper miltiqlaridan 100dan ortiq odamni otib tashlagan.
Sputnik
Ukrainada xorijlik “legionerlar” G‘arb pullari evaziga paydo bo‘lmoqda. Ular AQSh va NATO manfaatlarini ko‘zlab ish tutadi, “milliy g‘oyalar” va Ukraina Qurolli Kuchlari tuzilmalaridan terroristik qiyofasini va da’vo muddati belgilanmagan harbiy jinoyatlarini yashirish uchun foydalanyapti.
Britaniyaning “Sky News” telekanali va Amerikaning ixtisoslashgan “Military Watch” nashri Ukrainada faoliyat yuritayotgan xorijlik yollanma askarlar reytingini tuzdi. Undan yollanmalarning uchta xili bo‘ldi: xorijiy Qurolli Kuchlarning (maxsus xizmatlar) xodimlari, NATOga yaqin bo‘lgan Amerika va Yevropa yollanma askarlari va turli mamlakatlardan kelgan boshqa “ko‘ngillilar”.
Shunday qilib, “Gruziya legioni” tarkibi, vazifalari va maqsadlari bo‘yicha “ikkinchi toifa”ga kiritildi. Ochiq soddalashtirish Ukraina Qurolli Kuchlari yoki Milliy gvardiya tarkibiga kiritilgan 34 ta davlatdan 16 ta xorijiy qurolli guruhlarning terrorchilik xususiyatini yashira olmaydi. Masalan, Zaporojye yo‘nalishida Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan IShID va “Jabhat an-Nusra” terrorchi tashkilotlari jangarilari borligi tasdiqlangan. Aloqa chizig‘ining ayrim uchastkalarida yollanma askarlar Ukraina Qurolli Kuchlari umumiy sonining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi.
Faqatgina joriyyilning birinchi yarmida Kiyev rejimi tomonida jangovar harakatlarda qatnashish uchun Ukrainaga 7000 ga yaqin xorijlik yollanma askar kelgan. Eng ko‘p yollanma - Polsha, Ruminiya va Britaniyadan. Ushbu davlatlardan mos ravishda 1831, 504, 422 jangari Ukrainaga kelgan. Gruziya biroz orqada – 355 nafar.
Albatta, Ukraina jang maydonlaridagi rus qo‘shinlari uchun “yovvoyi g‘ozlar” - uchinchi mamlakatlardan kelgan jangarilar ustuvor nishondir.
Shu bois, Kanadadan bo‘lgan asli britaniyalik “Gardian” laqabli “NATOning eng halokatli snayperi” Saymon Lingard, yuzdan ortiq gruziyalik “legionerlar” va boshqa minglab xorijiy yollanma askarlar - hech qachon vataniga qaytmaydi.
Sentabr oyi boshida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainada 2830 dan ortiq (oyiga o‘rtacha 500 nafar yollanma askar) xorijlik jangchilar yo‘q qilinganini ma’lum qilgandi – bu jami yollanma askarlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i.
Taqqoslash uchun: Ukraina Qurolli Kuchlarining birinchi olti oyda halok bo‘lgan yo‘qotishlari 61 mingdan ortiq kishini tashkil etdi – 24-fevraldagi 200 ming kishining uchdan biridan kamrog‘i (oyiga o‘rtacha 10 ming). Yilning birinchi yarmida Rossiya Qurolli Kuchlarining qaytarib bo‘lmas yo‘qotishlari 5937 nafar harbiy xizmatchini tashkil etdi.

Da’vo muddati cheklanmagan

Mart oyining oxirida gruziyalik “legionerlar” tomonidan qo‘lga olingan rus harbiylari shafqatsiz qatl etilganidan so‘ng, ushbu xunrezlik ishtirokchilarining keksalikkacha umr ko‘rish imkoniyati yo‘qqa chiqdi. Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi “Gruziya milliy legioni” qo‘mondoni Mamuka Mamulashviliga qarshi jinoiy ish olib bormoqda.

“Legionerlar”ning harbiy jinoyatlari uchun da’vo muddati yo‘q. Ukraina Qurolli Kuchlaridagi aksariyat gruziyalik yollanma askarlarning shaxsi aniqlangan, ular ertami-kechmi dunyoning istalgan nuqtasida bo‘lsa ham topib jazolanadi.

E’lon qilingan qirg‘in videosi hatto Ukraina prezidentining idorasi ham g‘azablantirdi, chunki gruziyalik “aqli norasolar” o‘z yuzlarini yopishni unutgan va shu bilan Ukrainani yaqqol aybdor qilib qo‘ydi, G‘arb ittifoqchilari nazarida Ukraina Qurolli kuchlarini obro‘sizlantirishdi.
Biroq, tavba qilish “legionerlar”ga xos emas. Bundan tashqari, yaqinda Britaniyaning “Sky News” telekanaliga bergan intervyusida Mamulashvili ruslarga qarshi kurashda “tinch aholi va hukumat deb ataladiganlar o‘rtasida farq yo‘q ekanini, ular bir xil bosqinchilar” ekanligini ta’kidladi. Gruziyaning sobiq davlat xizmatchisi, yollanma Georgiy o‘sha yerdayoq: “Ruslar odam emas”, deb qo‘shib qo‘ydi.
Shubhasiz, ukrainalik quroldoshlari ham gruzin “bahodirlari”ning tengi emasdek. Kecha qo‘mondonlardan biri Vano Nadiradze o‘z “legionerlarini” har doim ukrainalik askarlarning orqasidan harakatlanishga chaqirdi. Chunki yaqinda Ukrainada qor yog‘adi va yashirin tuzoqlar, “Lepestok” tipidagi minalar ko‘rinmay qoladi.

“Gruziya legioni” aslida kim?

“Gruziya legioni” Ukrainada sakkiz yildan beri o‘lim urug‘ini sepmoqda va bu hunarini Ukrainadagi askarlarga “bir maqsad bilan – Vladimir Putinni yo‘q qilish” uchun o‘rgatmoqda.
Bugungi kunda terrorchilik tuzilmasida 1000 ga yaqin jangari bor, ulardan 50 nafari britaniyalik, shuningdek Albaniya, Armaniston, Avstraliya, Avstriya, Ozarbayjon, Chili, Xorvatiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Hindiston, Isroil, Yaponiya, Meksika, Moldova va Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarolari bor.
Ko‘pgina mamlakatlarning milliy qonunchiligi nuqtayi nazaridan ular jinoyatchilardir, ammo G‘arbda ular Ukraina erkinligi, demokratiyasining olijanob himoyachilari va hatto “mafkuraviy ruhlantirilgan ko‘ngillilar kuchi” deb hisoblanyaptilar. Qayd etish joizki, Gruziyada ushbu tuzilma a’zolarini hech kim jinoiy javobgarlikka tortmaydi, ya’ni davlat yollanma askarlarning harakatlarini bilvosita qo‘llab-quvvatlaydi. Kiyev rejimi, o‘z navbatida, Mamuka Mamulashvilining terrorchilik guruhini qonuniylashtirgan.
Butun Ukraina Qurolli Kuchlari singari, “Gruziya legioni” ham Pentagon va NATO nazorati ostida ishlaydi. Ularni tayyorlashga britaniyalik harbiy instruktorlar jalb qilingan. Bu haqda avvalroq Rossiya TIV va Britaniya armiyasining sobiq askari Metyu Robinson xabar bergan edi. Terrorchi guruh qo‘poruvchilik harakatlari hamda AQSh va Britaniya razvedka xizmatlari dala agentlarining yashirincha faoliyat olib borishi uchun foydalaniladi. “Legion” Kiyev ostonasidagi, Mariupol va Severodoneskdagi janglarda qatnashgan. “Legionerlar”ning harbiy jinoyatlari bunday “ish” uchun ko‘pdan beri va saxiylik bilan mukofotlayotgan Vashington, Brussel, London tomonidan buyuriladi.
Italiyalik jurnalist Jan Mikalessinning “Ukraina. Yashirin haqiqat” hujjatli filmi “maydan” sirlarini oshkor qildi: unga ko‘ra 2014-yilda Mamuka Mamulashvili va AQShning 101-havo-desant diviziyasining amerikalik zobiti snayperlar guruhini tashkil qilib, “Maydan”dagi namoyishchilarga qarata o‘q uzgan va bu prezident Viktor Yanukovichning ag‘darilishiga olib kelgan edi. Bu ayblovlar “legionerlar”ning bo‘lajak qo‘mondoni tomonidan yollangan Gruziya fuqarolari tomonidan aytilgan.
Ukraina, Iroq va Afg‘onistondagi harbiy jinoyatlar majmuiga ko‘ra, “Gruziya milliy legioni” qo‘poruvchilik va terrorchilik guruhi a’zolarini qattiq jazo kutapti. Rossiya qo‘shinlari va maxsus xizmatlari bu borada doimiy ish olib bormoqda.