Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zaporojyedagi xorijlik yollanma askarlarning soni mingdan oshdi – Rogov

Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosining aniqlik kiritishicha, ular orasida Gruziya va Polshadan kelgan yollanma askarlar ham bor.
Sputnik
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Zaporojye shahridagi xorijlik yollanma askarlar soni allaqachon 1000 nafardan oshdi. Bu haqda Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.

“Kalibrlangan xorijiy legionlar soni endi yuzlab emas, balki shaharning o‘zida mingdan oshib ketdi”, - dedi Rogov “Zvezda” telekanali efirida.

Rogovning aniqlik kiritishicha, ular orasida Gruziya va Polshadan kelgan yollanma askarlar ham bor.
Bugungi kunda Zaporojye viloyatining 70 foizdan ortig‘i Rossiya nazorati ostida. Shu bilan birga, viloyat markazi – Zaporojye shahri Ukraina qo‘shinlari nazorati ostida qolmoqda.
Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasi sifatida “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.