Turkiy davlatlar tashkilotiga yangi bosh kotib tayinlandi

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi vazifasini bajarib kelgan Amreyev Bog‘dod Kultayevichning vakolat muddati tugadi.
Sputnik
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Turkiy davlatlar tashkilotiga Omuraliyev Kubanichbek Qosimovich yangi bosh kotib etib tayinlandi.
Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi vazifasini bajarib kelgan Amreyev Bog‘dod Kultayevichning vakolat muddati tugadi.
Ma’lumot uchun, tashkilot Bosh kotibligi muddati — uch yil.
Omuraliyev 62 yoshda. U Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Hozir u Qirg‘izistonning Turkiyadagi elchisi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti bo‘lib o‘tmoqda.