Tog‘ etaklarida 20 sm qalinlikdagi qor qoplami hosil bo‘ldi - foto, video

Yog‘ingarchilik 2022-2023 yillar uchun qish mavsumini ochib berdi – tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekistonda uch kunlik yog‘ingarchilikdan so‘ng tog‘larda 20 sm qalinlikdagi qor qoplami hosil bo‘ldi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, uch kunlik yog‘ingarchilik 2022-2023 yillar uchun qish mavsumini ochib berdi.

“Hammasi bo‘lib 46 mm aralash yog‘ingarchilik yog‘di va taxminan 20 sm qalinlikdagi qor qoplami hosil bo‘ldi. Noyabr oyining birinchi o‘n kunligida yomon emas, lekin 2014 va 2015-yillarda mazkur ko‘rsatgich 24 va 29 sm qor bo‘lganidanda ko‘proq bo‘lgandi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 7-noyabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda yoqqan yomg‘ir qorga aylandi va harorat -2 darajaga tushib ketdi.
1 / 3
2 / 3
3 / 3