TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiya past baholab bo‘lmaydigan qudratli harbiy salohiyatga ega. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ta’kidladi.
“Rossiyani past baholamasligimiz kerak. Ukraina shaharlariga zarba berish uchun uning hali ham imkoniyati va kuchi bor. Biz dronlar va raketa zarbalarini ko‘rdik. Bu Rossiya hali ham ko‘p zarar keltira olishini ko‘rsatadi”, - dedi u Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervyusida.
Rossiya Qurolli kuchlari raketa zarbalarini Qrim ko‘prigida sodir etilgan teraktdan ikki kun o‘tib, 10-oktabrda boshladi. Ular Xarkov va Kiyevdan Lvov va Ivano-Frankovskgacha bo‘lgan butun mamlakat bo‘ylab energetika, mudofaa sanoati, harbiy qo‘mondonlik va aloqa vositalariga qaratildi.
Zarbalar dronlar yordamida ham yetkaziladi. RIA Novosti manbalariga tayanib, maxsus operatsiya boshlanganidan beri Rossiya qo‘shinlari Ukrainada bir necha yuzlab “Lanset” va “Kub” dronlaridan foydalanganini xabar qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ko‘prikdagi portlash bilan Kiyev o‘zini eng jirkanch terrorchilik guruhlari bilan tenglashtirganini va bunday jinoyatlarni javobsiz qoldirishning iloji yo‘qligini ta’kidlagan.
Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasi sifatida “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.