TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiyada yil so‘zi, katta ehtimol bilan, “spetsoperatsiya” (maxsus operatsiya) bo‘ladi, ammo unga raqobatchilar ham yo‘q emas. Rossiya Fanlar akademiyasining (RFA) Rus tili instituti xodimi, filolog Anatoliy Baranov Sputnik radiosiga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.
Yil so‘zini tanlashda ma’lum bir mamlakatning ilmiy tashkilotlari, xususan, leksik birliklar tomonidan ifodalangan tushunchalarning ahamiyatiga asoslanadi, deydi RFAning V.V. Vinogradov nomidagi Rus tili instituti eksperimental leksikografiya bo‘limi mudiri Anatoliy Baranov. Ushbu mezonga ko‘ra, Rossiyada 2022-yil so‘zini aniqlash juda oson, deb hisoblaydi u.
“Rossiyada yil so‘zi, shubhasiz, “maxsus harbiy operatsiya” bo‘ladi, ammo bu bir so‘z emas, balki bir nechta. Agar biz bir so‘z haqida gapiradigan bo‘lsak, bu “spetsoperatsiya” (maxsus operatsiya) yoki SVO (maxsus harbiy operatsiya birikmasining qisqartmasi) bo‘ladi. Shunga qaramay, bu 2022-yilda sodir bo‘lgan eng muhim voqea”, - deya tushuntirdi Baranov.
“Maxsus operatsiya” yana bir mezonga ko‘ra – ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda foydalanish chastotasi bo‘yicha ham yil so‘ziga aylanishi mumkin”, - deb davom etdi mutaxassis.
“O‘ylashimcha, foydalanish chastotasi bo‘yicha ham, foydalanish ko‘lami bo‘yicha ham “maxsus operatsiya” yetakchi, ammo bu keyinroq hisoblab chiqiladi (yangi yil arafasida – tahr.)”, - deydi Baranov.
Filologning so‘zlariga ko‘ra, bu yil “maxsus operatsiya” bilan faqat ikkita ot (turkumidagi so‘z – tahr.) raqobatlasha oladi.
“Faqat “mobilizatsiya” (safarbarlik) va “prilot” (uchib kelish, biror narsaning uchib kelib tushishi ma’nosida) “maxsus operatsiya” bilan birinchi o‘rin uchun bahslasha oladi”, - deya Baranov ishonch bildirdi.
U “uchib kelish” (prilot) so‘zini qo‘llash xususiyatlari joriy yilda o‘zgarganini qo‘shimcha qildi.