Jarrohlar askar tanasidan portlamay qolgan o‘qni chiqarib olishdi

Belgorod shahar shifoxonasida jarrohlar bronejilet kiyib operatsiya o‘tkazishdi. Ular askar tanasidan portlamay qolgan o‘qni chiqarib olishdi.
Sputnik
TOShKENT, 10 noya - Sputnik. Rossiyalik jarrohlar askar ko‘kragidan portlamay qolgan o‘qni chiqarib olishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
P. V. Mandrik nomidagi Markaziy harbiy klinik gospital harbiy jarrohlar brigadasi maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan rossiyalik harbiy ko‘kragidan portlamagan o‘qni chiqarib olishdi. Shifokorlar operatsiyani bronejiletda amalga oshirishdi.
Jarrohlar yaralangan kichik serjantni Belgorod viloyatidagi tuman poliklinikasida operatsiya qilishgan.
Gospital jarrohi, podpolkovnik Dmitriy Kimning so‘zlariga ko‘ra, o‘q-dori aorta va ostki vena o‘rtasida joylashgan bo‘lgan. U portlash yoki shikastlanish chog‘ida o‘limga olib keluvchi qon ketishiga sabab bo‘lishi mumkin edi. Shu bois joyida operatsiya qilishga qaror qilingan.
Yaradorning so‘zlariga ko‘ra, u nima bo‘lganini hatto tushunmagan. Zirhli kiyim chetiga tekkan zarbani sezgan. Hushidan ketmagan, shu tarzda harakatlanishda davom etgan.
“Jarroh meni operatsiya qilishga qaror qildi. Qarshi edim, ularga zarar yetishini istamasdim. Xudo ko‘rsatmasin, portlab ketsa nima bo‘lardi. Jarrohlar zirhli kiyimni kiyishdi. Meni operatsiya qilgan jarrohga butun umr minnatdorman. Juda jasur odam. Mana haqiqiy qahramon”, - deydi harbiy.
Hozir bemor Moskvada davolanmoqda.