Indoneziya Putinning G20 sammitiga bormaslik qaroriga munosabat bildirdi

Prezident Putinning uyida ishi bo‘lishi mumkin, biz buni hurmat qilishimiz kerak, dedi vazir.
Sputnik
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Indoneziya Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Balidagi G20 sammitiga bormaslik haqidagi qarorini hurmat qiladi. Bu haqda Indoneziya dengiz ishlari va investitsiyalar bo‘yicha vazir-koordinator Luxut Binsar Panjaitan ta’kidladi.

“Rossiya prezidenti Vladimir Putinning G20 sammitida qatnashmasligi haqida rasmiy ma’lumotlar kelib tushdi. Prezident Putinning uyida ishi bo‘lishi mumkin, biz buni hurmat qilishimiz kerak”, - dedi u.

“Rossiya qarori bilan nima sodir bo‘lishidan qat’i nazar, bu bizning umumiy manfaatimiz va barchamiz uchun yaxshidir”, - dedi vazir.

Avvalroq G20 sammitida Rossiya delegatsiyasiga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilishi ma’lum bo‘lgan edi.
G20 iqtisodiy jihatdan rivojlangan va rivojlanayotgan yirik mamlakatlarni birlashtirgan norasmiy tashkilotdir. 15-16 noyabr kunlari Balida G20 o‘n yettinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.