Xitoy Sharl Mishega Rossiyaning maxsus operatsiyasini qoralashga imkon bermadi
TOShKENT, 9 noya - Sputnik. Xitoy hukumati Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishelning Shanxaydagi nutqi translyatsiyasini bekor qildi.
Yevropa kengashi rahbari V Xitoy xalqaro import ko‘rgazmasining ochilish marosimida boshqa xalqaro tashkilotlar prezidentlari va rahbarlari qatorida ishtirokchilardan biri bo‘lishi kerak edi.
Biroq Mishelning chiqishi amalga oshmadi. Uning vakili Barend Leytsning ma’lum qilishicha, avvaldan yozib olingan murojaat videosini shunchaki namoyish etishmagan.
Yevropa kengashi prezidenti o‘z nutqida Rossiyaning maxsus harbiy amaliyotini qattiq tanqid qilgan va Xitoydan Rossiya Federatsiyasiga bosim o‘tkazishni va maxsus operatsiyaga chek qo‘yishni talab qilgan.
Xitoy rasmiylari Mishelning nutqi bekor qilinganiga izoh berishdan bosh tortgan.