TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiyaning maxsus operatsiya hududidagi birlashgan qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni, armiya generali Sergey Surovikin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguga Xersondagi mudofaani Dpepr darosining chap qirg‘og‘ida tashkillashtirishni taklif qildi.
Surovikinning so‘zlariga ko‘ra, agar Kiyev rejimi Kaxovka GESga kuchliroq hujum uyushtirsa, suv toshqini tinch aholi orasida sezilarli qurbonlarga olib keladi. Shu bois Dnepr darosining to‘siq chizig‘i bo‘ylab, uning chap qirg‘og‘i bo‘ylab mudofaani tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
“Dneprning chap qirg‘og‘ida himoya qilish qarori oson emas, shu bilan birga biz harbiylarimiz hayotini va qo‘shinlar guruhining jangovar qobiliyatini saqlab qolamiz”, - dedi u.
“Xulosalaringiz va takliflaringizga rozilik beraman”, - deya javob berdi Rossiya mudofaa vaziri.
Shoygu qo‘mondonlikning asosiy vazifasini harbiylar hayotini saqlash hamda tinch aholi haqida qayg‘urish zarurligida deb bilishini aytdi.
Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasi sifatida “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.