TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev AQShdagi saylov natijalariga munosabat bildirar ekan, ular dunyoda AQSh siyosatini qo‘llab-quvvatlash kamayib borayotganini va “Bayden boboning odatiy dunyosi uchib ketayotganini” namoyish qilishini aytdi.
“AQShdagi saylovlarning birinchi natijalari va yashil ukrain yo‘lboshchisining yashil yuvilmagan futbolkadagi vahimali “ultimatumi” Bayden boboning tanish dunyosi uchib ketayotganini, dunyoda AQSh kursini qo‘llab-quvvatlash kamayib borayotganini, qaysar “getman”ga ishonch bildirish katta xato bo‘lganini tasdiqlaydi”, - deb yozdi Medvedev o‘zining Telegram kanalida.
Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari o‘z postiga “Men ba’zi takabbur davlatlar va ularning cho‘chqachalari bizdan yuz o‘girdi deb yozgan edim. Ammo butun dunyo ular bilan jo‘rlashib xurullamayapti”, - degan yozuvli surat qo‘ygan.
Seshanba kuni AQShda oraliq saylovlar bo‘lib o‘tdi. Vakillar palatasidagi respublikachilar yetakchisi Kevin Makkarti saylov natijalaridan keyin palata o‘z partiyasi nazorati ostida qaytishiga ishonch bildirdi. NBC telekanali prognoziga ko‘ra, Respublikachilar partiyasi vakillari Vakillar palatasida 219, demokratlar esa 216 o‘ringa ega bo‘ladi.