TOShKENT, 9 noya - Sputnik. "Bahor" - O‘zbekiston davlat raqs ansambli Sankt-Peterburgda konsert beradi. Bu haqida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar bermoqda.
Afsonaviy "Bahor" raqs ansambli 28-noyabr kuni Sankt-Peterburgdagi Aleksandrinskiy teatrining sahnasida raqs ijro etadi, - deyiladi xabarda.
Rossiyada ushbu konsert uchun chiptalar sotish allaqachon boshlangan va OAVda ushbu konsert targ‘ib qilinmoqda.
"Baxor" ansambli – O‘zbekistonning tashrif qog‘ozi, uning g‘ururi va milliy boyligi, madaniyati va tarixini raqs orqali ifoda etadi. Dunyoga mashhur xoreograf Mukarram Turg‘unboyeva tomonidan yaratilgan afsonaviy jamoa ushbu yilda 65 yoshga to‘ldi. Oldin ushbu ansamblni “Mukarram va qirq go‘zal” deb atashgan.
Tomoshabinlar 20 dan ortiq raqqosalarni ajoyib liboslarda, o‘zbek milliy cholg‘u asboblarining betakror sadolari ostida, yakkaxon ijrochilarning kuchli ovozlari, xalq ohanglarining o‘ziga xosligi va sharqona ritmlar energiyasini kutmoqda!
"Bahor" ansambli o‘zining noyob raqs dasturlari bilan dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarda gastrol sayohatlarida bo‘lishgan va eng yaxshi maydonlarida chiqish qilishgan.
Bugungi kunda ansambl repertuari zamonaviy o‘zbek raqsi namunalari ko‘p asrlik an’anaviy raqs madaniyati bilan uyg‘unlashtirilgan 200 dan ortiq yakkaxon va jamoaviy raqslar mavjud, - deb yozadi Kassir.ru sahifasi.
Eslatib o‘tamiz, "Bahor" ansambli ushbu yilning 5-iyun kuni Chaykovskiy nomidagi Rossiyaning eng yirik konsert zalida chiqish qilgan edi va ushbu konsert ijobiy ma’noda katta shov-shuvlarsa sabab bo‘lgan edi.