AQSh nega urushni to‘xtatishni istamaydi - Rossiya elchisi tushuntirib berdi

Diplomat AQSh nega Rossiya bilan ukrainaliklar qo‘li bilan urushayotganining sabablarini tushuntirib berdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 noya - Sputnik. AQSh ukrainaliklar qo‘li bilan Rossiyaga qarshi urush olib borishdan iqtisodiy jihatdan manfaatdor va shu orqali xorijdan kelayotgan qurol-yarog‘ savdosining “qaymog‘ini olish”ga intilmoqda, dedi Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov RIA Novostiga.
“Oq uy mojaroni uzaytirgani va begunoh odamlar o‘ldirilgani uchun javobgarlikdan qutula olmaydi. Biroq, Qo‘shma Shtatlar manikal qat’iyat bilan vayron qiluvchi urush taktikasiga amal qilishda davom etmoqda. Bu taktika hammani – ukrainlar, ruslar, yevropaliklarni holdan toydiradi, jumladan oddiy amerikaliklarni ham. Ular aytishicha, Rossiya bilan urush “so‘nggi ukrainalik" qolgunicha davom etadi", - deydi diplomat.
U AQShning bunday xatti-harakatlarining sabablari orasida iqtisodiy manfaatlar ham bor. Jumladan qurol va gaz savdosidan daromad olish.
“Nega bunday bo‘lyapti? Bu uchun bir qancha asos bor, ulardan biri – iqtisodiy manfaatdorlikning borligi. Ommaviy ravishda harbiy mahsulotlar sotish va suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berish hisobiga AQSh vaziyatdan iqtisodiy daromad olishga urinmoqda: shunchaki biznes, shaxsiy hech narsa yo‘q”, - deydi Antonov.
RF Prezidenti Vladimir Putin 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qilganidan so‘ng G‘arb Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar kiritdi va qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berish hajmini milliardlab dollarga oshirdi.
Moskva bir necha bor G‘arb qurollarini yetkazib berish Ukrainadagi mojaroni uzaytirishini va qurol ortilgan transport vositalari Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidladi.