“Qo‘yliq” metro bekati vaqtincha yopiladi

Poyezdlar harakati “Do‘stlik-2” bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Ertaga, 10-noyabr kuni, Toshkent metropoliteni yer usti yo‘nalishining 7-bekati (Qo‘yliq) kechki vaqtda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmaydi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK ma’lum qildi.
Toshkent shahri Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan “Qo‘yliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichining metropoliten “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishi 6- va 7-bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qurilish konstruksiyalarining beton ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 7-bekat (Qo‘yliq) 10-noyabr kuni soat 21:00 dan yo‘lovchilarga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi.
“Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida poyezdlar harakati “Do‘stlik-2” bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.
11 noyabr kunidan “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida poyezdlar harakati doimiy jadval asosida amalga oshiriladi.