ShHT MATT o‘tgan yil davomida 1400 ta jinoyatning oldini oldi - Mirzayev

ShHT davlatlarida hech qanday terakt sodir bo‘lmagan, 1400 dan ortiq jinoyatlarning oldi olindi - Mirzayev.
Sputnik
TOShKENT, 8 noya - Sputnik. Shanxay Hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy Aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) o‘tgan yil davomida tashkilotga a’zo mamlakatlarda 41 ta teraktning oldini oldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan anjumandan.
ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ruslan Mirzayev bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Zamonaviy xavfsizlik: muammolar va yechimlar” konferensiyasida so‘zga chiqib, ShHT MATT 2021-yilga mo‘ljallangan faoliyati yakunlari haqida gapirdi.
Direktor ispolkoma RATS ShOS Ruslan Mirzayev vo vremya vistupleniya na ShOS
Ruslan Mirzayev aytishiga ko‘ra, yaxshi muvofiqlashtirilgan ishlar natijasida 2021-yilda ShHT davlatlarida hech qanday terakt sodir bo‘lmagan. Umumiy hisobda 1400 dan ortiq jinoyatlarning oldi olindi.
Xususan:
2021 yil oxirida tashkilotga a’zo davlatlar vakolatli organlari tomonidan 41 ta teraktning oldi olindi.
xalqaro terrorchilik tashkilotlarining 62 ta yashirin yacheykalari faoliyati to‘xtatildi.
283 terroristik ekstremistik va separatistik jinoyatlar aniqlanib, oldi olindi.
Terrorchilar a’zolari va sheriklarining 203 nafar yetakchilari faoliyati to‘xtatildi.
Noqonuniy muomaladan 200 dan ortiq qurol-yarog‘, 28 mingga yaqin 28 ming dona turli o‘q-dorilar, 97 qo‘lbola portlovchi moslama musodara qilindi. 422 kg. portlovchi moddalar olindi.
bir tonnadan ortiq giyohvand moddalar muomaladan olindi.
26 ta moliyalashtirish kanali, 74 ta qurol savdosi, 19 ta noqonuniy migratsiya kanallari fosh etildi.
Internetda 240 mingga yaqin axborot resurslari, uch illat g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallar bloklandi.
Ma’lumot uchun, ShHT MATT 2003-yilning 14-noyabrida tashkil topgan. ShHT MATT Kengashi - uning boshqaruv organi bo‘lib, tuzilma faoliyatining barcha masalalari bo‘yicha majburiy qarorlar qabul qiladi. Uning yig‘ilishlari odatda yiliga ikki marta o‘tkaziladi.
ShHT MATTning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ShHTga a’zo davlatlar uchun terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
ShHT MATTning xalqaro terroristik, separatistik va boshqa ekstremistik tashkilotlar, ularning tuzilmalari, rahbarlari va ishtirokchilari, ularga aloqador boshqa shaxslar, shuningdek ularni moliyalashtirish manbalari va kanallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantirish;
terrorizmga qarshi qo‘mondonlik-shtab va tezkor-taktik o‘quv mashg‘ulotlarini tayyorlash va o‘tkazishda ko‘maklashish;
terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashga taalluqli xalqaro huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish, aksilterror tuzilmalari uchun kadrlar tayyorlash.
ShHT MATT ko‘plab xalqaro tashkilotlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik aloqalarni o‘rnatgan. Jumladan BMT Xavfsizlik Kengashining Terrorga qarshi kurash qo‘mitasi, MDH Aksilterror markazi, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti, YXHT, ASEAN, EAG, SARISS va boshqalar.