Chunki uning natijalari Ukrainadagi jangovar xatti-harakatlarga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni bizning Shtatlar bilan bilvosita urushimizga? Ha, ayrimlarning shunday umidi bor, biroq ular, yumshoq qilib aytadigan bo‘lsak, sodda. Amerika hozir Ukrainani o‘z qo‘llaridan ozod qilmaydi, Rossiyaning mag‘lub bo‘lishiga tikkan pulini kamaytirmaydi, lekin shunga qaramay 8-noyabrdagi ovoz berish haqiqatdan muhim ahamiyatga ega. Taktik emas, balki strategik, deya yozadi RIA Novosti kolumnisti.
Saylovchilar ovozi sanab bo‘lingunga qadar ularning asosiy natijasini aytish mumkin. U respublikachilar kongressning har ikkila palatasi ustidan nazoratni qo‘lga olishida (bu esa amalda oldindan hal qilib bo‘lingan) va Oq uy muxolifat partiyaga qarshi ziddiyaga diqqatini qaratishga majbur bo‘lishida emas. Bu AQSh uchun odatiy amaliyot edi: prezident saylovidan keyin hukmron partiya ko‘pincha oraliq saylovlarda mag‘lubiyatga uchraydi. Avval ham hammasi shunday bo‘lgan – 2016-yil Shtatlarda tizimli ichki siyosiy inqiroz boshlanmagunga qadar. Bu inqiroz mohiyati shundan iboratki, mag‘lub bo‘lgan tomon o‘z mag‘lubiyatini tan olmaydi va g‘olibni soxtalashtirish, xorijiy aralashuvlarda ayblaydi.
Ya’ni ham saylovlar, ham hukumatning noqonuniyligi ro‘y beradi. Biroq agar 2016-yilda prezident hukmronligi noqonuniylashtirishga oid birinchi qadam qo‘yilgan bo‘lsa (demokratlar saylangan Trampga “rus aralashuvi” yordam berdi deb ma’lum qilishganidan keyin), hozir esa, 2022-yilda, yangi daraja mo‘ljalga olinadi. Mag‘lub bo‘lgan demokratlar kongressni noqonuniy deb e’lon qilishadi, ya’ni Amerika hukumatining ikkinchi darajadagi kuchini. Uning uchinchi qismi – sud hokimiyati – ham zarba ostida: demokratlar Oliy sudga ishonishmaydi (ayniqsa bu yil abortga oid qaror qabul qilingandan so‘ng). Ular uni isloh qilishmoqchi (sudyalar soni oshirishmoqchi, bu bilan o‘ng ko‘pchiligini tekislashmoqchi). Biroq buning uchun ularga kongress ustidan nazorat kerak, ular esa buni qo‘ldan boy berishadi.
Respublikachilar ham prezidentning noqonuniyligi haqida gapirishmoqda, biroq, aytishadi-ku, birinchi ular boshlashmagan. Agar demokratlar muddatidan ovoz berish hiylalari bilan (ikki yil avvalgidek) respublikachilarga senatda ko‘p o‘rinlarni olishga xalaqit berishning uddasidan chiqishsa, hukumat qonunchiligining noqonuniyligi borasida (aniqrog‘i – yuqori palata) Trapm partiyasi gapira boshlaydi. Biroq bu saylovlarning asosiy natijasiga ta’sir qilmaydi. U shundan iboratki, bugun, 8-noyabr kuni, Shtatlar o‘z siyosiy tizimlarini barbod qilish sari yangi odim tashlashadi: ular 2016-yilda tushgan chohdan chiqishmagan, balki yanada chuqurroq botib borishmoqda. Bu chohda ular o‘zlarining 2026-yilda nishonlanadigan 250-yilliklari sari olg‘a borishmoqda – biroq kim va qayerda?
Chunki 2026-yilga qadar 2024-yil turibdi – prezident saylovi. Hozirdanoq bu haqida mutlaq aniq aytish mumkin saylovlar: uning natijasi mag‘lub bo‘lgan tomondan tan olinmaydi. Unda kimning qo‘li baland kelishining ahamiyati yo‘q – undan keyin nima bo‘lishi muhim. Yuridik jihatdan tashqari, noqonuniylik jarayoni barcha jabhalarda keng quloch yozgan bir paytda: qarama-qarshilik avj olmoqda, hukumatga bo‘lgan ishonch susaymoqda, jamiyatda qutblanish ro‘y bermoqda, fuqarolik urushi xavfi o‘smoqda. Biroq 2024-yilga kelib vaziyat mutlaqo yangi darajaga chiqadi: saylov natijalarini tan olmaslikni deyarli alohida shtatlar ham bildirishni boshlashadi.
Qanday bo‘lishining ahamiyati yo‘q: demokratlar (agar Tramp g‘alaba qozonsa) yoki respublikachilar (agar u mag‘lub bo‘lsa). Aslida AQShning parchalanishi boshlanishi muhim bo‘ladi. Hozir u qanday rivojlanishini oldindan aytishning imkoni yo‘q: ish shunchalik federal hukumat ishiga g‘alayon ko‘targan shtatlarning to‘sqinlik qilishi bilan cheklanadi yoki ular vaqti kelib yangi separastik alyans, yangi konfederatsiyaning namunasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan allaqanday bir tarmoq yaratishga urinishadi.
Parchalanishning na tezligi, na natijasini oldindan aytib bo‘ladi: u bir necha yilga muzlatib qo‘yilishi mumkin, uni kuch bilan to‘xtatishga urinishlari mumkin (bu yerda haqiqiy fuqarolik urushi xatari yuqori), u o‘ta tez davlatning real bo‘linishiga olib kelishi mumkin. Har holda avvalgi Qo‘shma Shtatlar bo‘lmaydi.
Hatto yagona davlat sifatida saqlanib, AQSh juda kuchli o‘zgaradi, uning global pozitsiyalari har qanday holatlarda susayadi. Xitoyga qarshi qarama-qarshilik mamlakatning keng ko‘lamdagi zaxiralarini safarbar qilishni talab etadi – Yevropaga bo‘lgan diqqat ham susayishi muqarrar. Rossiyaga qarshi kurashish va uni ushlab turishdagi asosiy rol Antantika blokining sharqiy qismiga, ya’ni Buyuk Britaniya va YeIga o‘tadi. Biroq Buyuk Britaniyaning zaruriy zaxiralari yo‘q, YeIning esa Ukraina tufayli Rossiya bilan uzoq muddatli mojaro uchun strategik qiziqishi yo‘q, shu bois kuchli va yagona Shtatlarsiz G‘arb g‘arbiy rus yerlari ustidagi nazoratni uzoq o‘zida olib qololmaydi.
Bu o‘n yillik oxiriga bo‘lgan vaziyatga baho berish, lekin 2022-yil 8-noyabr tasdiqlaydiki, Shtatlar o‘jarlik bilan belgilangan yo‘l sari ketishapti, 2016-yilda tanlangan yo‘nalishni davom ettirishapti. Ularni halokat yo‘nalishidan chetga olib o‘tishi mumkin bo‘lgan o‘sha kuchning o‘zi yo‘q. Tramp yana bir bor urinib ko‘radi, lekin uning buni bajarishiga to‘sqinlik qilishadi. Rossiyaga esa Amerikadan boshqa hech narsa kerak ham emas: tashqi frontda (birinchi navbatda, tabiiyki, Ukrainada) biz ularga qarshi bo‘lgan ziddiyatga bardosh beramiz, ichki frontda esa ularning o‘zi barini mustaqil bajarishadi. O‘zlari ustidan o‘zlari g‘alaba qozonishadi.