Qozog‘istonda O‘zbekiston madaniyat kunlari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston madaniyat kunlari 21-25 noyabr kunlari Ostonada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Qozog‘istonda O‘zbekiston madaniyat kunlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda mamlakat Madaniyat va sport vazirligining madaniyat qo‘mitasi rahbari Roza Karibjanova ma’lum qildi, deya yozadi Sputnik Qozog‘iston.
Aniqlik kiritilishicha, O‘zbekiston madaniyat kunlari 21-25 noyabr kunlari Ostonada bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Qozog‘istonning Chimkent shahrida ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligiga 30-yil to‘lishi munosabati O‘zbekiston madaniyat kuni bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi.
Chimkent aholisi e’tiboriga teatr, konsert dasturi havola etilgan. Ular O‘zbekiston madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishgan. Tadbirda milliy o‘zbek qo‘shiqlari yangradi va ajoyib raqslar ijro etilgan.