“Shu bilan birga, biz kollektiv G‘arb tomonidan ulkan sanksiyalar bosimiga duch kelyapmiz. Natijada dunyoda ochlik tahdidi, energiya tanqisligi va boshqa sun’iy muammolar paydo bo‘ldi. Bizning umumiy vazifamiz - bu voqealar mohiyatan undayotgan gumanitar falokatning oldini olish, xalqaro miqyosda hamkorlikda harakat qilish uchun yangi yondashuvlar va aniq rejalarni ishlab chiqish, biz va yangi avlodlarga yaxshiroq kelajak qurish uchun kurashda sa’y-harakatlarimizni birlashtirish”, - dedi u.
Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.
Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.
Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.