TOShKENT, 8 noya - Sputnik. AQSh hukumati o‘z banklarni Rossiyaning ayrim yirik kompaniyalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatmaslikka chaqirdi, deb xabar qilmoqda, RIA Novosti “Bloomberg” agentligiga asosan.
"AQSh Moliya vazirligi va Davlat departamenti mamlakatning eng yirik banklariga yashirincha ravishda Rossiyaning ayrim “strategik” korxonalari bilan operatsiyalarni to‘xtatmaslikni tavsiya qilmoqda", - deyiladi xabarda.
OAV ma’lumotiga ko‘ra, gap JPMorgan va Citigroup kabi moliya tashkilotlari haqida bormoqda. AQSh hukumati ularni “Gazprom”, “Uralkaliy” va “Fosagro” kabi “strategik” kompaniyalar uchun “asosiy xizmatlar” ko‘rsatishda, jumladan, pul o‘tkazmalari va dollarga konvertatsiya qilishda davom etishga chaqirapti.
Oq uyning ta’kidlashicha, Ukrainadagi mojaro tufayli butun Rossiya iqtisodiyoti sanksiyalar ostida emas. Shunga asoslanib, rasmiylar biznesni “global iqtisodiy falokatdan qochish uchun” ruxsat etilgan tarmoqlar bilan ishlashni davom ettirishga chaqirmoqda.
O‘z navbatida Citigroup va JPMorgan banklari vakillari RIA Novostiga bu ma’lumotni izohlashdan bosh tortgan.
Ma’lumot uchun, Ukrainada o‘tkazilayotgan Rossiya maxsus operatsiyasi tufayli, AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Buning oqibatida Rossiya iqtisodi jiddiy zarar ko‘rmadi, lekin Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlari oshdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga qattiq zarba berganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.