Rossiyalik olimlar qulupnay va pomidorni yangiligicha saqlovchi plonka o‘ylab topishdi

Yangi uzilgan qulupnay va pomidor: Rossiyada nano o‘ramlar o‘ylab topildi.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Rossiyalik olimlar qulupnay va pomidorni uzoq muddatga yangiligicha saqlab qolish imkonini beruvchi qadoqlash plonkalarini ixtiro qilishdi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.
Qayd etilishicha, bakteritsid va antifungal xususiyatlarga ega oziq-ovqat sanoati uchun o‘ramlar Shimoliy Kavkaz Federal universiteti olimlari tomonidan yaratilgan. Ularning fikricha, bunga mis oksidi (SuO) nanozarrachalarini sintez qilishning yangi usuli tufayli erishildi.
Pomidor, qulupnay va pishloq namunalari plonka ostiga qo‘yilib, ularni ko‘paytirish maqsadida saqlash muddatini o‘rganish uchun tezlashtirilgan sinov o‘tkazildi.
Olimlarning ta’kidlashicha, o‘zgartirilgan qadoqdagi qulupnay va pomidor yetti kundan keyin o‘zining yangiligi va yaxlitligini saqlab qolgan. Bu esa mahsulotlarni saqlash muddatini oshiradi.
Shimoliy Kavkaz federal universiteti dotsenti Andrey Blinovning aytishicha, turli usullar bilan sintez qilingan va modifikatsiyalangan CuO nanozarrachalari fan va texnikaning turli sohalarida, jumladan, tibbiyot, elektronika, qishloq xo‘jaligi va quyosh energiyasida keng qo‘llaniladi.
“Tadqiqotchilar barqarorlashtirilgan mis oksidi zarralarini sintez qilishning yangi usulini taklif qilishdi, bu esa ularni oziq-ovqat sanoatida qo‘llash imkonini beradi. Endi bunday nanozarrachalar qadoqlash materialining polimer tarkibiga kiradi. Kelgusida ulardan yangi turdagi qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish rejalashtirilgan”, deydi u.
Nanopartikullar yuqori bakteritsid va ba’zi antifungal xususiyatlarga ega. To‘g‘ri shakl va dispersiyani tanlashda ular oziq-ovqat mahsuloti va tashqi muhit o‘rtasida namlik, gazlar va erigan materiallarning harakati, shuningdek, mexanik shikastlanishdan himoyalanishga qarshi to‘siq yaratadi.
Olimlar, shuningdek, ishlab chiqilgan plonkalarni kelajakda oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashda qo‘llash maqsadida sanoat aprobatsiyasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
CuO nanopartikullarini ishlab chiqarish uchun materiallarning narxi 100 ml uchun taxminan 17,3 rublni tashkil etishi hisoblab chiqilgan. Plenka ishlab chiqarish narxi 1 kvadrat metr uchun taxminan 25 rublni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, mis oksidi (SuO) yarimo‘tkazgich bo‘lib, u bir qator foydali xususiyatlarga ega: yuqori haroratli supero‘tkazuvchanlik, spin dinamikasi va korrelyatsiya effektlari.