TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 11 ta yangi masjid davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va ularning soni 2112 taga yetdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘z navbatida, 2022-yilning 9 oyi davomida 49 ta masjid qayta qurilib, 35 tasi qayta ta’mirlangan.
“Bundan tashqari, hozirgi kunda respublikada 325 ta masjidda qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.