O‘zbekiston regbichilari Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor bo‘lishdi

Toshkent viloyatining Angren shahrida regbi-7 bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik regbichilar Osiyo chempionatida kumush medallarni qo‘lga kiritishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Toshkent viloyatining Angren shahrida regbi-7 bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik sportchilar hal qiluvchi bellashuvda BAA vakillariga qarshi maydonga tushishdi. Murosasiz o‘yinda mehmonlarning qo‘li baland keldi. Bronza medallari esa malayziyalik regbichilarga nasib etdi.
Erkaklar:
1. BAA
2. O‘zbekiston
3. Malayziya
Ayollar:
1. BAA
2. Hindiston
3. Tailand
Eslatib o‘tamiz, prezident tomonidan 2019-yili qabul qilingan qarorga ko‘ra, O‘zbekiston regbi federatsiyasi, va professional regbi klublari regbi sport uskunalari, inventar va maxsus professional sport anjomlarini olib kirganlik uchun 2023-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan.
2020/2021 o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda O‘zbekiston Milliy universitetida regbi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlovchi yo‘nalishlar ochilgan. Qaror bilan respublika bo‘yicha 4 bosqichli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.