Noqulay ob-havo sabab samolyotlar Toshkent aeroportidan boshqa bandargohlarga yo‘naltirildi

Jumladan, “Uzbekistan Airways”ning Farg‘onadan amalga oshiriladigan uchta reysi kechiktirildi.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Bugun, 7-noyabr kuni, noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir qancha reyslar Toshkent xalqaro aeroportidan boshqa havo bandargohlariga yo‘naltirildi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Quyidagi reyslar majburan boshqa aeroportlarga o‘tkazildi:
HY602 Moskva – Toshkent qatnovi Navoi aeroportiga yo‘naltirildi;
HY336 Jidda – Toshkent qatnovi Samarqand aeroportiga yo‘naltirildi.
Ushbu yo‘nalishdagi qatnovlar belgilangan manzilga yetib borgan.
Bundan tashqari, Farg‘ona xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli rejalashtirilgan HY081 Toshkent – Farg‘ona reysi soat 06:55 dan 09:30 ga ko‘chirilgan. HY277 Farg‘ona – Istanbul reysi Farg‘ona xalqaro aeroportidan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketgan.
Shu munosabat bilan, HY278 Istanbul – Farg‘ona va HY082 Farg‘ona – Toshkent reyslari kechikib amalga oshiriladi.
“Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tgan. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘ragan.