TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Latviyaning kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Daugavpils shahri meri Andreys Elksninsh Qrim Rossiyaning bir qismi ekanini tan oldi. Bu haqda u “Delfi” radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Qrim Rossiya Federatsiyasining bir qismidir”, - dedi Elksninsh yarim orolning kimga tegishligi haqidagi savolga javob berayotib.
Shu bilan birga u bu boradagi pozitsiyani bir necha bor bildirganini qayd etdi.
Biroq boshlovchi bunga e’tiroz bildirib, aksariyat mamlakatlar Qrimni Rossiya tarkibiga qo‘shilishini tan olmaganini ta’kidladi.
“U (Qrim – tahr.) Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirgani va butun Yevropa va butun dunyo shundan keyin ham Rossiya bilan hamkorlik qilishni davom ettirganini ajratib bo‘lmaydi”, - deya javob qaytardi Elksninsh.
2014 yilning mart oyida Ukrainada amalga oshirilgan davlat to‘ntarishidan so‘ng o‘tkazilgan referendum yakunlariga ko‘ra Qrim Rossiyaning bir qismiga aylandi. Rossiya bilan birlashish uchun Qrim Respublikasidagi saylovchilarning 96,77 foizi va Sevastopol aholisining 95,6 foizi ovoz bergan. Moskva yarim orol aholisi xalqaro huquq va BMT nizomiga to‘la mos ravishda Rossiyaga demokratik yo‘l bilan qaytishga qaror qilganliklarini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim masalasi butunlay yopilgani va u boshqa muhokama qilinmasligini aytgan.