Ilk bor: o‘zbekistonlik dzudochi qiz jahon reytingi yetakchisiga aylandi

Bokuda yuqori natija qayd etgan O‘zbekistonlik yana bir necha dzudochilarning ham o‘z reyting natijalarini sezilarli yaxshilashga muvaffaq bo‘lishgan.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya - Sputnik. Bokuda bo‘lib o‘tgan musobaqada yuqori natija qayd etgan o‘zbekistonlik dzudochi Diyora Keldiyorova jahon reytingi yetakchisiga aylandi, deb xabar qilmoqda MOQ.
Ozarbayjon poytaxti Bokuda o‘tkazilgan “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng Xalqaro dzudo federatsiyasi (XDF) sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Diyora Keldiyorova (52 kg) - 5750 ochko. Qayd etilishicha, shu paytgacha hech bir o‘zbekistonlik dzudochi qiz dunyo reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilmagan.
Endilikda jahon tasnif jadvalini boshqarib borayotgan o‘zbekistonliklar soni 2 nafarga yetdi. Yana bir reyting yetakchisi - Davlat Bobonov (90 kg)– 6134 ochko.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Bokuda yuqori natija qayd etgan O‘zbekistonlik yana bir necha dzudochilarning ham o‘z reyting natijalarini sezilarli yaxshilashga muvaffaq bo‘lishgan.
Eslatib o‘tamiz, dunyoning 61 davlati ishtirok etgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi.