TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Ukraina qo‘shinlarining o‘qqa tutishi natijasida Donesk temir yo‘li binosida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi. Bu haqda Donesk xalq respublikasi (DXR) Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar qildi.
Ukrainaning harbiy jinoyatlariga bog‘liq masalalarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish qo‘shma markazidagi DXR vakolatxonasi Ukraina harbiylari Moskva vaqti bilan soat 3:13 da Donesk markazidagi Voroshilov tumaniga NATO namunasidagi 155 millimetr kalibrli 6 ta snarad bilan zarba berganini xabar qilgandi.
RIA Novostining xabar qilishicha, buning oqibatida Donesk temir yo‘llari boshqarmasi binosi zarar ko‘rgan. Binoda kuchli yong‘in kelib chiqqan. Qutqaruvchilar so‘zlariga ko‘ra, yong‘in oqibatida hech kimga zarar yetmagan.