TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) HIMARS zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizim bilan Kaxovka GESni o‘qqa tutdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Qayd etilishicha, 5 ta raketani havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari urib tushirgan, raketalardan biri to‘g‘ondagi suv darvozalaridan biriga kelib tushgan.
“UQK Kaxovka GES dambasini vayron qilish va gumanitar halokat uchun zamin yaratishga qaratilgan urinishlarini qo‘ymayapti. Bugun soat 10:00 da HIMARS᾽ning oltita raketasi bilan zarba berildi. Havo hujumiga qarshi mudofaa bo‘linmalari tomonidan 5 ta raketa urib tushirildi, bittasi Kaxovka dambasi suv darvozasiga kelib tushdi va u zarar ko‘rdi”, - deyilgan xabarda.
Jabrlanganlar haqidagi xabarga aniqlik kiritilmoqda.