TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Toshkent shahri bevosita Toshkent viloyatining Parkent tumani Kumushkon qishlog‘i bilan bog‘lovchi yo‘nalishda mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent viloyatinnig turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda aholiga qulay bo‘lgan transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish maqsad qilingan.
Sayyohlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri poytaxtdan Kumushkon qishlog‘iga olib boruvchi mikroavtobuslar buyurtma asosida xizmat ko‘rsatadi.
Mikroavtobuslar harakati “Buyuk ipak yo‘li” metro bekati yaqinidagi “Muhammad Yusuf” bekatidan boshlanadi.