TOShKENT, 6 noya — Sputnik. O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida xorijga qiymati 68,1 mln dollarga teng bo‘lgan 76,7 ming tonna shaftoli eksport qilgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Shaftoli eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,3 ming tonnaga oshgan.
9 oyda O‘zbekiston eng ko‘p shaftolini Rossiyaga (64,6 ming tonna) eksport qilgan.
Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (6,4 ming tonna), Qozog‘iston (4,8 ming tonna), Turkmaniston (471 tonna) va Belarus (261 tonna).
Farg‘ona viloyati xorijga shaftoli sotish bo‘yicha hududlar orasida yetakchi. Viloyat to‘qqiz oy ichida 43,6 ming tonna shaftoli eksport qilishga erishgan.
Samarqand viloyati – 6,3 ming tonna, Toshkent viloyati – 6,1 ming tonna, Xorazm viloyati – 5,7 ming tonna bilan eksport bo‘yicha keyingi o‘rinlarda.