TOShKENT, 6 noya — Sputnik. 6 noyabr kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Navoiy viloyati Nurota tumanining "Oqmasjid" MFY hududiga sel yo‘lidan ko‘p miqdorda yomg‘ir suvi kelgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida tumanning "Nurota" qabristoniga o‘tishda qurilgan sel yo‘li ko‘prigining bir qismiga zarar yetgan. Qabristonga talafot yetmagan.
Shuningdek, Nurota tumani "Nurfaxr" MFY "Parpiuzoq" massividagi 3 ta aholi yashash uyining tomorqalarida yomg‘ir suvi to‘plangan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozir yuzaga kelgan hodisa oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.