Rossiya Mudofaa vazirligi maxsus operatsiya hududida qo‘llanilayotgan Ka-52 razvedkasi vertolotlarining jangovar ishlari aks etgan videoni ko‘rsatdi.
Ta’kidlanishicha, vertolotlar kolonnalarga hamrohlik qilish, zirhli texnikani yo‘q qilish, desantchilarni bir joydan boshqa joyga eltish va harbiy yuklarni yetkazib berish kabi vazifalarni bajarmoqda.
Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.