"Rossiyaga berilgan dronlar": Eron G‘arb ayblovlarini qoraladi

Eron tashqi ishlar vaziri Abdullohiyn uning mamlakati go‘yoki Ukrainada foydalanish uchun Rossiyaga raketa va pilotsiz uchar apparatlar yetkazib berayotgani yuzasidan G‘arb tomonidan bildirayotgan ayblovlarni qoraladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanishidan oldin Eron Rossiyaga dronlarni yetkazib bergan.
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyn bayonot berdi.
Mamlakat Ukrainada harbiy harakatlar boshlanishidan bir necha oy oldin Rossiya Federatsiyasiga “cheklangan miqdordagi pilotsiz uchar apparatlar” taqdim etganini ta’kidladi, deyilgan IRNA Eron davlat axborot agentligi xabarida.
Eron axborot agenligi xabarida aytilishicha, yetkazib berilayotgan raketalar haqidagi ma’lumotlar "mutlaqo yolg‘on".