TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Rossiya maxsus xizmatlari Rosgvardiya ko‘magida Lugansk xalq respublikasida Ukraina maxsus xizmatlariga ishlaydigan 20 dan ortiq odamni qo‘lga oldi. Bu haqda RIA Novostiga kuch tuzilmalaridagi manba ma’lum qildi.
“Rossiya maxsus xizmatlari Rosgvardiya kuch ko‘magida navbatdagi Ukraina Xavfsizlik xizmati sheriklarini neytrallash bo‘yicha keng ko‘lamli tezkor va jangovar chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan 20 dan ortiq kishi qo‘lga olingan”, - deydi manba.
Unga ko‘ra, ularning barchasi LXRning maxsus harbiy operatsiya davomida ozod qilingan hududlarida qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.