Qirg‘iziston 250 ming $ sarmoya kiritgan xorijliklarga "VNJ"ni tezroq beradi

Qirg‘iziston 250 ming $ investitsiya kiritgan xorijliklarga muqim yashash huquqini beruvchi ruxsatnomani tezroq beradi.
Sputnik
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Qirg‘iziston 250 ming $ investitsiya kiritgan xorijliklarga muqim yashash huquqini beruvchi ruxsatnomani tezroq beradi.
Bunday investorlar bunday ruxsatnoma (VNJ) olish uchun mamlakatda olti oydan ortiq yashashlari shart emas.
Shuningdek, VNJ Qirg‘izistonga 6 oydan ortiq muddatga kelgan va qonuniy manbaga ega bo‘lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga berilishi mumkin:
▪️mehnat shartnomasi asosida ishlashga ruxsatnoma bilan birga ishlash;
▪️ta’lim muassasasida o‘qish uchun;
▪️investitsiyalarni kiritish bo‘yicha vakolatli davlat organining arizasi asosidagi faoliyat uchun.