TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Kostromadagi kafeda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi.
Yong‘in natijasida 15 kishi halok bo‘ldi.
Ulardan besh nafari bo‘g‘ilib qolgan, qolganlari vayronalar ostidan topilgan. 250 nafar kishi evakuatsiya qilindi. 3,5 ming kvadrat metr maydonning tomi qulagan.
Prokuratura xabariga ko‘ra, yong‘inga muassasada pirotexnika vositalarining qo‘llangani sabab bo‘lishi mumkin.
Aybdorlar qidiruvga berilgan.