Eron TIV rahbari Baydendan IShID*ni qo‘llab-quvvatlashni bas qilishni talab qildi

Eron TIV rahbari Baydendan IShID*ni qo‘llab-quvvatlashni bas qilishni talab qildi.
Sputnik
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Eron TIV rahbari Husayn Amir Abdullaxon AQSh prezidenti Jo Baydendan ikkiyuzlamachilik va IShID*ni qo‘llab-quvvatlashni bas qilishni talab qildi.
Bu haqda u o‘zining Twitter’ida yozdi:
"Erondagi so‘nggi tartibsizliklar chog‘ida zo‘ravonlik va terrorni tobora ko‘proq targ‘ib qilayotgan Oq uy ham yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borishga harakat qilmoqda”, - deydi u.
Eron razvedka vazirligi Mahsa Amini o‘limidan so‘ng boshlangan sentabr oyi o‘rtalaridan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari AQSh, Saudiya Arabistoni, Isroil va Britaniya razvedka xizmatlari tomonidan uyushtirilganini ma’lum qilgandi.
Bayden AQSh "Eronni ozod qilishini" aytdi. Bunga javoban Eron rahbari Ibrohim Raisi Eron 43-yil avval ozod bo‘lganini bildirdi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti