Diyora Keldiyorova "Katta Dubulg‘a" turnirlarining uch karra chempioni bo‘ldi - video

O‘zbekistonlik dzudochi Diyora Keldiyorova Boku "Katta Dubulg‘a" chempioni bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Diyora Keldiyorova "Katta Dubulg‘a" chempioni bo‘ldi.
Boku shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirning birinchi kun final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
-52 kg vazndagi o‘zbekistonlik dzudochi Diyora Keldiyorova nufuzli musobaqa g‘olibasiga aylandi. Olimpiya o‘yinlari sovrindori, italiyalik Odette Guffridani vazari bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratgan Diyora finalda mo‘g‘ulistonlik Sosorbaram Lhagvasurendan ustun keldi.
Diyora Keldiyorova oltin medal bilan birga qimmatli 1000 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi.
Shundan 500 ochko Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun qo‘shiladi.