TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Yevropa Rossiyaga nisbatan hozirgi pozitsiyasini o‘zgartirmasa va muzokaralar stoliga qaytishga tayanmasa, Ukraina timsolida o‘z chegaralari ichida “yangi Afg‘oniston”ga ega bo‘lishi xavfi bor. Bu haqda amerikalik iqtisodchi Jeffri Saks ta’kidladi.
“Yevropa diplomatiya chempioni edi. Lekin hozir u faqat Amerika chizig‘ini oladi: biz Putinni mag‘lub etishimiz kerak! Biz muzokaralar olib bormaymiz! Va hokazo. Lekin bu yondashuv Yevropa Ittifoqi uchun juda xavfli, chunki u oldingi safda va bularning barchasidan eng katta azobni u chekishi mumkin”, deyiladi xabarda.
U Putinga nisbatan bunday siyosatni asosiy xato deb hisoblaydi, chunki Amerika va Yevropa muzokaralar olib borganida, Ukraina mojarosiga yechim topish mumkin edi, ammo Brussel aqliga emas, Amerika kun tartibiga amal qiladi.
Saksning fikricha, AQSh Ukrainani ikkinchi Afg‘onistonga va vayronaga aylantiradi, chunki bu Amerikaning uslubi.
“Mojaro boshlanishidan oldin, agar AQSh xuddi shu ruhda davom etsa, Ukraina navbatdagi Afg‘onistonga aylanadi, deb aytgandim. Chunki biz Afg‘onistonni shunchalik sevgan edikki, uni vayron qildik. Bu Amerikaning uslubi”, deya xulosa qildi iqtisodchi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.