Qirg‘iziston MDH doirasida qurollar sonini cheklashni taklif qildi

Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi MDHning ichki chegaralarida qurol-yarog‘lar sonini cheklashni taklif qildi.
Sputnik
Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imonqulov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar chegaralari yaqinida joylashgan og‘ir texnikalar miqdorini cheklashni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti bugun, 4-noyabr kuni respublika Prezidenti Sadir Japarovning matbuot xizmatiga tayanib, xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Imonqulov Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining o‘ninchi yubiley yig‘ilishida ishtirok etib, “hozirgi kundagi xavf va tahdidlar masalalariga to‘xtalib, ular kichraymasligi, mutatsiyaga uchrashi, turli yo‘nalishlarga yoyilishi, tezkor va xatarliroq bo‘lishini ta’kidlagan.
“Har qanday davlat bir deganda nishonga yoki geosiyosiy o‘yin vositasiga aylanishi va turli yo‘nalishlarda zarba qabul qilib olishi mumkin. Davlat yakka holda butun tahdidlar majmuasini o‘zi yengib o‘ta olmaydi. Xalqaro xavfsizlik kimningdir tajovuzkor ambitsiyalariga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Beqarorlik chiqarishga qaratilgan haqr qanday urinishga samarali qarshi turish talab etiladi”, - deya Imonqulovning so‘zlarini keltirgan matbuot xizmati.
Qirg‘iziston Xavfsizlik Kengashi kotibining so‘zlariga ko‘ra, buning uchun Hamdo‘stlik mamlakatlari va jahon hamjamiyatining “o‘zaro muloqot va hamkorlikni o‘rnatish, shuningdek, taraqqiyot uchun barqarorlik va tinchlikni saqlash manfaatlari yo‘lida murosa topish bo‘yicha umumiy kompleks ish olib borishi kerak”.
“MDH formatida vakolatli tuzilmalar o‘rtasida tezkor axborot almashinuvini kengaytirish, shuningdek, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va barqarorlikni ta’minlash uchun mas’uliyatni oshirish, chegara yaqinida joylashtirilgan Qurolli Kuchlar bo‘linmalarining miqdori va sifati haqida bir-birini xabardor qilish hamda chegaralar yaqinida og‘ir texnika, tanklar, artilleriya, yalpi reaktiv hujum tizimlari saqlashga (agar bu Hamdo‘stlikning tashqi chegaralariga taalluqli bo‘lmasa) cheklovlar qo‘yish taklif etildi”, - deyiladi xabarda.