TOShKENT, 4 noya — Sputnik. O‘zbekistonliklar ichki turizmga sarflangan xarajatlar hisobini yuritishni boshlashdi. Bu haqida Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, sentabr oyidan oktabrgacha "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturi doirasida sayohat uchun keshbek platformasida 2 816 ta sayohat qayd etildi.
Bunda 2 418 nafar fuqaro ichki turizmga sarflangan xarajatlar hisobini yuritishni boshladi.
avia, temir yo‘l va (yoki) avtobus transporti chiptasini xarid qilish;
joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, dam olish uylari va zonalari, mehmon uylari va boshqalardan) foydalanish;
madaniy meros obyektlariga tashrif buyurish uchun amalga oshirilgan to‘lovlarga taqdim etilgan QR-kodli cheklarni Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan.
Sayohat uchun keshbekka ega bo‘lish uchun JShShIRni kiritgan holda FACE ID orqali ro‘yxatdan o‘tish va barcha turdagi sayohat cheklarini kiritish lozim.
Ma’lumot uchun, 1-sentabridan boshlab respublika bo‘ylab sayohat qiluvchi sayyohlar xarajatlarining 15 dan 50 foizigacha keshbekka ega bo‘lishi mumkin.