Ibrohim Raisiy Eronni "ozod qilishga" va’da bergan Baydenga qat’iy javob qaytardi

Eron prezidenti Ibrohim Raisi Jo Baydenga javoban mamlakat 43-yil avval ozod qilinganini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Eron prezidenti Ibrohim Raisi AQSh prezidentining Eronni “ozod qilish” va’dasiga javoban Tehron buni 43-yil avval qilganini aytdi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.
Avvalroq Oq uy rahbari Jo Bayden Kaliforniyada nutq so‘zlab, Eronni “ozod qilish” niyati borligini ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga, u darhol mamlakat "o‘zini ozod qilishini" qo‘shimcha qilgan.

“Eron 43-yil avval ozod qilingan va yana sizning asiringizga tushmaslikka qat’iy qaror qildi”, deydi Eron prezidenti Ibrohim Raisi.

1979 yil 11-fevralda Eronda Islom inqilobi sodir bo‘ldi. Mamlakatda hokimiyat Imom Humayniy boshchiligidagi ruhoniylar qo‘liga o‘tdi. 1979-yil bahorida referendum bo‘lib o‘tdi. Aholi Eronda Islom Respublikasi tashkil topish uchun ovoz berdi – butun hokimiyat ruhoniylar e’tiboriga qaratildi va Humayniy mamlakat rahbari – uning diniy yetakchisi bo‘ldi. Uning o‘limidan so‘ng bu lavozimni uning o‘rinbosari Oyatulloh Ali Xomanayi egalladi.