Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Hujumga Britaniya aloqador: Rossiya Londonga isbotlovchi dalillarni topshirdi

Rossiya Britaniyaga Londonning Sevastopolga hujumga aloqadorligini isbotlovchi dalillarni topshirdi.
Sputnik
Rossiya Buyuk Britaniyaning Qora dengiz floti kemalariga hujumga aloqadorligi haqidagi dalillarni qirollikning Moskvadagi elchisi va harbiy attashesiga topshirdi. Bu haqda Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Andrey Kelin ma’lum qildi.
“Britaniya maxsus kuchlarining Sevastopoldagi flotga qarshi harakatga tayyorgarlik ko‘rishdagi ishtiroki haqidagi dalillar bugun ertalab Britaniya elchisi va harbiy attashesiga topshirildi”, degan elchi “Sky News” telekanali efirida. U, shuningdek, tez orada bu dalillar e’lon qilinishini qayd etdi.
Avvalroq RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Britaniyaning Sevastopolga hujumda qo‘li borligini ko‘rsatuvchi dalillar ommaga e’lon qilinishini aytgandi. 29-oktabr kuni erta tongda Kiyev rejimi Sevastopol akvatoriyasidagi Qora dengiz floti kemalari va fuqarolik kemalariga terrorchilik hujumi uyushtirdi.
Rossiya Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, teraktga tayyorgarlik ko‘rish va Ukrainaning 73-Dengiz operatsiyalari maxsus markazi harbiy xizmatchilarining tayyorgarligi Buyuk Britaniyadan kelgan mutaxassislar rahbarligida amalga oshirilgan.
Shundan so‘ng, Moskva oziq-ovqat bo‘yicha kelishuvda ishtirokini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Biroq Ukraina Qora dengiz don yo‘lagi va Ukraina portlari Rossiyaga qarshi harbiy amaliyotlar uchun foydalanilmasligiga yetarli kafolatlar berganidan so‘ng, 2-noyabr kuni RF bitimdagi ishtirokini qayta tikladi.