Rossiya va O‘zbekiston pul o‘tkazmalarini osonlashtirish ustida ishlamoqda – Markaziy bank

Samarqandda II Xalqaro iqtisodiy forumi o‘z ishini boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya rossiyalik sayyohlar uchun pul o‘tkazmalarini amalga oshirish shartlarini yengillashtirish ustida ishlamoqda. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov Samarqandda II Xalqaro iqtisodiy forumida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
Nurmuratov forum chog‘ida Rossiyadan kelgan sayyohlar uchun naqd pulsiz to‘lovlarni osonlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berar ekan, “Bu ish transchegaraviy pul o‘tkazmalari yoki tezkor to‘lovlar yo‘nalishida ketmoqda”, - deya qayd etdi.
Markaziy bank rahbarining ta’kidlashicha, tomonlar rossiyaliklarga o‘zbek milliy valyutasi – so‘mni hatto respublikaga kelguniga qadar ham olish imkonini beradigan bunday mexanizmni ishlab chiqish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-sentabr oylarida Rossiyadan O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni o‘tgan yilga nisbatan 2,1 barobarga oshib, 395,1 ming kishini tashkil etganini ma’lum qilgandi. Bahordan boshlab rossiyalik mehmonlar oqimi barqaror o‘sib bormoqda.