O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hisob-kitobning 57 foizi milliy valyutalarda bajarilyapti

O‘zbekiston Markaziy banki raisi ikki mamlakat o‘rtasidagi hisob-kitoblarning taxminan 57 foizi allaqachon rubl va so‘mda amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tashqi savdo operatsiyalari hisob-kitoblarining qariyb 60 foiz allaqachon milliy valyutalarda amalga oshirilyapti, O‘zbekiston bu jarayonni faollashtirishga tayyor. Bu haqda mamlakat Markaziy banki raisi Mamarizo Normurotov ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Eksport-importdagi hisob-kitoblarning taxminan 57 foizi allaqachon rubl va so‘mda amalga oshirilmoqda”, - dedi Normurotov Samarqanddda xalqaro iqtisodiy forumidoirasida.
Shuningdek, MB raisi O‘zbekiston bu jarayonni “Aziya-Invest bank” ko‘magida faollashtirishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.
“Aziya-Invest bank” AJ – “Tashqi iqtisodiy faoliyat O‘zbekiston milliy banki” AJ ning Rossiyadagi sho‘’ba banki hisoblanadi. U ikki mamlakat moliya-bank sohasida milliy kapitaldan foydalanishning ilg‘or shakllarini rivojlantirishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvaloq Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro hisob-kitobda milliy valyutalar ulushini oshirishi xabar qilingan edi. Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi ShHT sammiti doirasida imzolagan keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘zda tutilgan.