TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarini xorijliklar tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash sezilarli darajada kamaydi. Bu haqida RIA Novosti “Onet.pl”ga tayanib xabar berdi.
“Maxsus harbiy operatsiya boshlanishida Ukraina Milliy banki butun dunyodan odamlar qurolli kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ o‘tkazishi mumkin bo‘lgan hisob raqamini ochgandi. Biroq tez fursatda ishtiyoq so‘ndi, o‘tkazmalar ham kamaydi”, - deya ma’lum qildi nashr sharhlovchisi Yan Bolanovskiy.
Uning qayd etishicha, 20-oktabrgacha hisob raqamiga 21,7 milliard grivna tushgan, shundan 20,8 milliardi Ukraina Qurolli kuchlariga o‘tkazilgan.
Shu bilan birga, Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, summaning 70 foizi 19-aprelgacha, ya’ni mahsus xarbiy operatsiya boshlanganidan ikki oydan kamroq vaqt o‘tgach hisoblangan.
Statistika shuni ko‘rsatdiki, o‘tkazmalarning 56% dollarda, 23% - yevroda, 14% - funtda, 6% Polsha zlotiysida va bir foizi - Shveysariya frankida amalga oshirilgan.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi fonida o‘nlab mlrd dollarga teng dasturlar orqali Qo‘shma Shtatlar va uning NATOdagi ittifoqchilari Kiyevni qurol-yarog‘ bilan qo‘llab-quvvatlamoqda.
O‘z navbatida, Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish mojaroni uzaytirishini, qurol-yarog‘ tashish esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.