“Pekin Moskvadan voz kechmaydi, chunki u G‘arbni asosiy raqib, Rossiyani esa hamkorlik qilishi kerak bo‘lgan hamkor deb biladi, ayniqsa xalqaro vaziyatning yomonlashuvi fonida”, - deyiladi xabarda.
“Si Szinpin Putinni eng yaxshi va eng yaqin do‘sti deb atadi. 2013-yildan buyon ular 40-martaga yaqin uchrashishdi. Ikkala tomon ham cheksiz do‘stlikni saqlab kelmoqda va yangi davrda ularning “har tomonlama strategik sherikligi” va o‘zaro hamkorligi xalqaro maydonda qulay omil bo‘lishiga ishonmoqda”, - deydi ekspert.
"Rossiya va Xitoy jahon tartibini o‘zgartirish bo‘yicha umumiy maqsadni ko‘zlamoqda. Si Szinpin Moskvani qoralash niyatida emas – aslida u Putinning qarorini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlaydi va diplomatik yordam ko‘rsatishda davom etadi”, - deb yozadi muallif.