G‘arb biolaboratoriyalar faoliyatiga oid surishtiruvlardan qo‘rqadi – Polyanskiy

Rossiyaning BMT huzuridagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari G‘arb mamlakatlari Rossiya tomonidan taqdim etilgan tegishli materiallar yuzasidan surishtiruv o‘tkazadigan komissiya tuzilishidan qo‘rqishini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. G‘arb mamlakatlari Amerikaning Ukrainadagi biolaboratoriyalari faoliyatiga oid surishtiruv o‘tkazish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashi komissiyasi tuzilishidan qo‘rqishadi. Bu haqda Rossiyaning tashkilot huzuridagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy ma’lum qildi.

“G‘arblik hamkabslarimiz rezolyutsiya loyihasi yuzasidan muzokaralar jarayoniga to‘sqinlik qilishganidan afsusdamiz. Ravshan bo‘ldiki, G‘arb mamlakatlari Rossiya tomonidan taqdim etilgan tegishli materiallarni ko‘rib chiqadigan va ular yuzasidan, bu Biologik va toksik qurol-yarog‘larni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyada nazarda tutilganidek, surishtiruv o‘tkazadigan komissiya tuzilishidan qo‘rqadi”, - dedi Polyanskiy BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida so‘zlagan nutqida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa G‘arb mamlakatlariga bu komissiya Xavfsizlik Kengashining barcha a’zolaridan iborat bo‘lishi ma’qul kelmaydi, “axir ular xalqaro hamjamiyat uchun qarorlarni bir yoqlama qabul qilishga urinishmoqda”.
Kuni kecha BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiya rezolyutsiyasini qabul qildi. Rossiya va Xitoy loyihani yoqlab ovoz berdi. AQSh, Britaniya, Fransiya qarshi chiqdi. Xavfsizlik kengashining boshqa a’zolari betaraf qolishdi.
Sentabr oyida Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiya, kimoviy va biologik himoya qo‘shinlari rahbari Igor Kirillov AQSh Jenevadagi Biologik va toksik qurol-yarog‘larni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyaga a’zo davlatlar yig‘ilishida Ukrainaning kam ta’minlangan fuqarolarida biologik tadqiqot o‘tkazganini tan olganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga oid:

Kichik Bush Ukrainada Amerika biolaboratoriyalari borligini tasdiqladi
AQSh biolaboratoriyalarining maqsadi - biomaterial yig‘ish - Putin
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada biologik qurol yaratilayotganini ma’lum qildi