Samarqandda kelasi yili Rossiyaning bosh konsulxonasi ochilishi mumkin

Rossiyaning O‘zbekistondagi ikkinchi diplomatik vakolatxonasi 2023-yilda o‘z faoliyatini boshlashi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Rossiya Samarqandda o‘zining bosh konsulxonasini ochadi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Ivanovga tayangan holda xabar bermoqda.
Rossiyaning diplomatik vakolatxonalari Maldiv, Bali (Indoneziya), Grodno (Belarus) va Aktauda (Qozog‘iston) ham ochiladi.
Rossiyaning Samarqanddagi bosh konsulxonasi 2023-yilda o‘z faoliyatini boshlashi mumkin. Bu haqda Sputnik muxbiriga Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot kotibi Dmitriy Danilov ma’lum qildi.
“Hozir bosh konsulxonani ochish masalasi faol muhokama qilinmoqda. Bu tez amalga oshiriladigan jarayon emas, qator tartib qoidalarga rioya qilishni talab qiladi. Kelasi yili Rossiyaning respublikadagi ikkinchi diplomatik vakolatxonasi ochilishiga umid bor”, - dedi u.
Danilovning so‘zlariga ko‘ra, konsulxona ochish uchun Samarqand tanlangani bejiz emas.
“Bu nafaqat mamlakatning kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahri, eng yirik dunyo sayyohlik markazi, balki yaqindan boshlab turli xalqaro forumlar uchun asosiy markazdir ham”, - deya qo‘shimcha qildi elchixona matbuot kotibi.