Rossiya “don kelishuviga” qaytishini ma’lum qildi

Rossiya Ukrainadan don yo‘lagini Moskvaga qarshi jangovar harakatlar olib borish uchun foydalanmasligi to‘g‘risida yozma kafolat olgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Rossiya Ukrainadan don yo‘lagini Moskvaga qarshi jangovar harakatlar olib borish uchun foydalanmasligi to‘g‘risida yozma kafolat oldi va don kelishuviga qaytadi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bu BMT va Turkiya vositachiligi tufayli ro‘y bergan.
“Ukraina tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olib chiqilayotgan gumanitar yo‘lak va ukrain portlaridan Rossiya Federatsiyasiga qarshi jangovar harakatlarni olib borish uchun foydalanmaslik to‘g‘risida zaruriy yozma kafolatlarni olishga erishildi”, - deyiladi xabarda.
Vazirlik Rossiya olingan kafolatlarni yetarlicha deb hisoblashi va kelishuvni amalga oshirishni qayta tiklashinini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Kiyev hukumati tomonidan Sevastopol akvatoriyasida Britaniya harbiylari ishtirokida uyushtirilgan terakt munosabati bilan Ukraina portlaridan mahsulot chiqarish jarayonlarida ishtirokini to‘xtatgan edi.